DISSERTATSIYA ISHINING ILMIY SEMINAR MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI

DISSERTATSIYA ISHINING ILMIY SEMINAR MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turakulova Dilafruz Mamatsoli qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillarida epistemik modallikning lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama 2026-yil 16-oktabr kuni oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda dissertatsiya ishining ilmiy ahamiyati, tadqiqot natijalari va mavzuning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ilmiy muhokamada tadqiqotning mazmuni va natijalari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube