3-aprel kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasiga biriktirilgan 10.00.09 - Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan navbatdagi ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i p.f.d K. Muradkasimova, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, f.f.n A. Matyakubov, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri, f.f.n S. Yuldashbekova, Kafedra dotsenti, f.f.d D. Aminovalar ishtirok etdi.
Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor F. Mo‘minov izlanuvchilarga ilmiy tadqiqot ishlarining mavzulari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.