“ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA START BERILDI!

“ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA START BERILDI!

Kreativ fikrlaysizmi? Yangilik yaratishga qiziqasizmi? G‘oyangizni real loyihaga aylantirmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan tashabbuskor, kreativ g‘oyalarga ega talabalarini “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz!

 

“Eng yaxshi kreativ g‘oya” nima?
Bu — talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, mavjud muammolarga noodatiy va samarali yechim taklif etish, startap loyihani shakllantirish yoki takomillashtirishga qaratilgan, innovatsionligi, amaliyotda qo‘llash imkoniyati hamda ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turadigan g‘oyadir.



 G‘oliblarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
Tanlov Nizomiga muvofiq, g‘olib loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy jamg‘armasi 300 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.
 1-o‘rin — 100 million so‘m
 2-o‘rin — 50 million so‘m
 3-o‘rin — 25 million so‘m

 

Tanlovda qanday ishtirok etiladi?
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor ariza taqdim etadi hamda unga tanlov shartlari va Nizomda belgilangan tegishli hujjatlarni ilova qiladi.


Universitet bosqichida eng yaxshi kreativ va istiqbolli g‘oyalar saralab olinib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

G‘oya sizdan — imkoniyat bizdan!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube