ERASMUS+ Dasturi doirasida tanlov e’loni

Ispaniya, Xaen universitetida dars berish va tajriba almashish uchun xodimlar mobilligi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ERASMUS+ xodimlar mobilligi dasturi doirasida Ispaniyaning Xaen universitetida dars berish va kasbiy tajriba almashish uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Ajratilgan o‘rinlar soni: 2 nafar

Dastur davomiyligi:

  • 5–7 kun

Talablar

Nomzodlar:

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-o‘qituvchilari bo‘lishi;

  • Ispan tili yo‘nalishida faoliyat olib borishi lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi ID-kartasi nusxasi;

  2. Xorijiy pasport nusxasi;

  3. Tarjimai hol (CV) – ispan yoki ingliz tilida;

  4. Motivatsion xat (1 betdan oshmagan);

  5. O‘quv / trening dasturi:

    • 5 kunlik reja;

    • 10–12 akademik soat;

    • Ispan tilida.

Motivatsion xatda quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;

  • Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kasbiy tajriba;

  • Dasturda ishtirok etishdan maqsad;

  • Kutilayotgan natijalar.

Arizalar topshirish muddati

12.01.2026 – 26.01.2026

Hujjatlarni topshirish manzili

khakimovrgf@mail.ru

Aloqa uchun

Roman-german filologiyasi fakulteti dekani
(O‘zbek, rus va ingliz tillariga tarjima)

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube