Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

 2026-yil 13-aprel kuni Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari N. Mirzayeva va D. Salaxovalar Erasmus+ KA171 Staff Mobility Program doirasida Cádiz universitetiga tashrif buyurdilar.

 Dasturining birinchi kunida ishtirokchilar universitetning Xerez kampusida tashkil etilgan tanishtiruv uchrashuvlarida faol qatnashmoqdalar. Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

 Shuningdek, dastlabki kun doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy va metodik tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, kelgusida qo‘shma loyihalar hamda akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 Mazkur tashrif o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube