Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi professori Kulmamatov Doʻsmamat Sattarovich Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi SAFU Shimoliy Arktika) Federal Universitetida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Xizmat safari davomida, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida fan, taʼlim, madaniyat hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohalarida Hamkorlik Shartnomasini imzolash jarayonida ishtirok etdi.

Shuningdek, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universitetida mavjud fakultetlar, kafedralar, taʼlim yoʻnalishlari bilan tanishish bilan bir qatorda Universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada “Oʻzbekiston Respublikasida koʻp madaniyatli taʼlim: ilgʻor tajribalar. Madaniyatlararo muloqotning xususiyatlari” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

2024-05-29 04-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi