Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi
4-fevral kuni soat 10:00 da Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Radjapova Regina Rustamovnaning
10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan
“XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yozma yodgorliklarida protsessual frazeologizmlar: kommunikativ-pragmatik aspekt”
mavzusidagi dissertatsiyasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadi.
Himoya jarayonida rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan xulosalarda ishning ilmiy talablarga mosligi va natijalarning filologiya fani rivoji uchun muhimligi alohida qayd etildi.