12-mart kuni Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi hududiy direktori Moxamed Ketata hamda Hududiy direktor oʻrinbosari Adela Talchiv-Chirita janoblari universitetning asosiy binosida kutib olindi.
Shundan soʻng hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori I.M.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P.Nishonov hamda Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova ishtirok etdi.
Dastur davomida fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish maqsadida Fransiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish, fransuz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish, talabalar uchun grantlar ajratish, fransuz tili boʻyicha hammualliflikda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, Erasmus+ dasturi loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etish masalalari muhokama qilinadi.