GAMEFEST 2026 – KELAJAK INDUSTRIYASIGA QADAM!
Hurmatli talaba-yoshlar!
2026-yil 15–16-may kunlari Toshkent shahridagi Renessans Hall majmuasida mintaqadagi eng yirik oʻyin industriyasi va animatsiya festivali — GameFest 2026 boʻlib oʻtadi!
Festival doirasida:
-40 dan ortiq davlatlardan mutaxassislar ishtiroki
-10 mingdan ziyod oʻyin ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar
- GameDev, animatsiya, dizayn va kreativ industriya boʻyicha master-klasslar
- Startap va loyihalar taqdimoti
-Networking va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari
Agar siz:
- dizayn,
- game development,
- animatsiya,
- IT va kreativ industriya yoʻnalishlariga qiziqsangiz — ushbu festival aynan siz uchun!
Talabalar festivalda oʻz loyihalari, ishlanmalari va startap gʻoyalari bilan ham ishtirok etishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
GameFest 2026 rasmiy platformasi
Shoshiling! Kelajak kasblari va xalqaro tajriba sizni kutmoqda!
2026-05-12 03-57