Hamkorlik davom etmoqda

Bugun 29-noyabr kuni Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur mashg‘ulot Ingliz tili birinchi fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1” kafedrasi o‘qituvchisi Mardonova Mohinbonu tomonidan tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilar ingliz tilida yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar. Mashg’ulot davomida nafaqat yangi mavzu balki avval oʻtilgan mavzularni ham mustahkanlash uchun o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qoʻllab koʻrdilar. 


Shuningdek, turli interaktiv o‘yin va zamonaviy metodlardan foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi va mashg‘ulot samaradorligini ta’minladi.

Qatnashuvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Oʻquvchilarning ota-onalari ham bunday darslar tashkillashtirilishidan juda mamnun. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube