O’zDJTUda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan faxriy ustozlarning tavallud ayyomini nishonlash an’anaga aylangan.

 

 

 

13- sentyabr kuni universitetda sharafli mehnat faoliyati davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan rahbar va o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan olim Abdul – Xadiy Abdullayevichning 70 yoshli yubileyi tantanavor nishonlandi.

 

 

Shuningdek, uzoq yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat olib borgan hozirda kungacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlayotgan faxriy ustoz Gusein Gadjiibragimovichning 67 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan universitet jamoasi namidan tabriklandi.

 

 

Faxriy ustozlarning tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan tantanada universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi va universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovning tabrigi o‘qib eshittirildi.

 

 

Shu bilan birga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorati, professor – o‘qituvchilari va ishchi xizmatchilari, kasaba uyushmasi qo‘mita a’zolari shuningdek, ko‘p sonli talabalar nomidan tabriklanib, esdalik sovg‘alar topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube