“IFODALI ÖQIŞ” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR ÖTKAZILDI
11-noyabr kuni Şayxontohur tumanidagi 320-maktabda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi bölim mudiri M. Muxamedjonova hamda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi K. Mardiyeva hamkorligida 6-“A”sinf öquvçilari iştirokida “Ifodali öqiş” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida öquvçilar özlari sevib mutolaa qilgan şeʼr va badiiy asarlardan parçalarni ifodali, ravon hamda taʼsirçan tarzda öqib berdilar. Şuningdek, şeʼriy misralardagi his-tuyğularni ovoz ohangi, urğu va töğri talaffuz orqali yetkaziş mahoratini namoyiş etdilar.

Tadbirda kitob mutolaasining inson maʼnaviy dunyosini boyitişdagi örni, yoşlarda badiiy adabiyotga mehr uyğotiş, nutq madaniyati va ifodali öqiş könikmalarini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yakunda faol iştirok etgan hamda özining ifodali öqiş mahorati bilan ajralib turgan öquvçilarga Axborot-resurs markazi tomonidan badiiy kitoblar sovğa qilindi.