Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliygohlaridan biri - Pekin tillar va madaniyat universitetidan 3 nafar delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda Pekin tillar va madaniyat universiteti prorektori Zhang Baojun, Xalqaro va mintaqaviy ta’lim instituti dekani Luo Lin, universitet Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Dong Chuan, shuningdek, O'zDJTU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Alisher Abidjanov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Po‘lat Omanov, “Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri Shaxnoza Xakimova va kafedra professor o’qituvchilari qatnashdi.

Muloqot davomida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talaba va o‘qituvchilarning bilimini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish hamda turli ta’lim grantlari ajratilishi masalalari muhokama qilindi.  Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilib, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish taklif etildi:

1. Tashriflar almashinuvi, o'qituvchilar va talabalar almashinuvi;

 2. Qo'shma ta'lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

3. Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini birgalikda nashr etish;

4. Har bir universitet tomonidan tashkil etilgan kurslar, seminarlar, treninglar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;

5. O'quv materiallari va boshqa ma'lumotlar almashinuvi;

6. Tomonlar kelishilgan boshqa tadbirlar va dasturlar;

7. Pedagoglarning malakasini oshirish;

8. O‘zDJTU qoshida Konfutsiy institutining ochilishi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube