2025-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Seminar davomida ikki dissertatsiya ishi taqdim etildi: 
- Mahmudova Umida Ural qizi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Raqamli texnologiyalar diskursida zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qildi. 
- Shuningdek, Qulmamatov Oybek Amonovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Og‘zaki nutq janrlarining lingvomadaniy tadqiqi (ingliz tilidagi dazins va o‘zbek tilidagi askiya misolida)” mavzusidagi ilmiy ishi muhokama qilindi.

Seminar a’zolari tomonidan mazkur dissertatsiyalar yuzasidan puxta fikr-mulohazalar bildirildi. Tadqiqotchilar ham seminar a’zolari tomonidan berilgan savollarga asosli javob berdi. 

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube