Ingliz filologiyasi fakultetida ehson tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida ehson tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultet dekani Azzamov Yusuf Radjaboyevich tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda dekanat rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, jumladan rektor Ilxomjon To‘xtasinov ham tadbirda qatnashdi.

Ehson davomida fakultetning ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borib kelayotgan fidoiy xodimlari hamda ko‘plab talabalarga ehsonliklar tarqatildi. Tadbir samimiy muhitda tashkil etilib, jamoa a’zolari ishtirokida muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube