Ingliz tili 3-fakultetida “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ingliz tili 3-fakultetida “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 4-bosqich kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Y. Yusupov hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy muborakbod etdilar.

Tabrik so‘zlarida ular bitiruvchilarga kelgusi mehnat faoliyati va ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, universitetda olgan bilim va ko‘nikmalarini Vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyoti yo‘lida samarali qo‘llashlariga ishonch bildirdilar.

Shuningdek, tadbir davomida o‘qish, ilmiy faoliyat, ijod, sport va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalar munosib taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan “Bitiruvchi–2026” bayrami bitiruvchilarga unutilmas lahzalarni tuhfa etib, ularning talabalik yillariga munosib yakun yasadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube