14 — 16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusida xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi tashkil etildi.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “O‘zekspomarkaz” konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion g‘oya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Mazkur haftalikda ko‘plab oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Abduraxim Nasirov, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Abdullayevalar ishtirok etdi.
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ishtirokchilarga Stend olish, ekspertlar bilan uchrashuvlar, potensial hamkor tashkilotlar, davlat tashkilotlari hamda moliyaviy tashkilotlar bilan muloqot qilish, innovatsion dasturingizni amalga oshirish imkoniyatini berdi.