“Jahon adabiyoti” kafedrasida o‘qituvchilar hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18-iyun kuni “Jahon adabiyoti” kafedrasida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani I. Bazarov hamda kafedra mudiri, professor G. Xalliyeva boshchiligida kafedra o‘qituvchilarining 2024/2025-o‘quv yilidagi shaxsiy ish rejalari bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish davomida o‘quv, ilmiy, xalqaro, o‘quv-uslubiy hamda ustoz-shogird yo‘nalishlaridagi erishilgan yutuqlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, kafedra huzurida tashkil etilgan “Komparativistika” jurnalining rivojlanishi, nashrga tayyorlanayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, maqsadli ko‘rsatkichlarning 3-choragi bo‘yicha rejalashtirilgan natijalar, shuningdek, akademik hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.