30-may kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov Jazoirda xizmat safaridan qaytgan Qoʻshma taʼlim dasturlari muvofiqlashtirish boʻlimi va Arab tili kafedrasi vakillari masʼullarini qabul qildi. 

Muloqot davomida safar natijalari boʻyicha muhokama hamda kelgusidagi rejalar boʻyicha taklif va koʻrsatmalar bilan oʻrtoqlashildi.

Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi va Arab tili kafedrasi vakillari safar davomida amalga oshirilgan uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlar haqida hisobot berdi. Ular Jazoirdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish hamda talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich safar natijalari universitetimiz uchun katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha oʻz tavsiyalariini berdi.

Jumladan, Jazoirning Al Wadiy va Jazoir-2 universiteti, Misrning Minia hamda Rosdiyaning Sankt-Peterburg universitetlari bilan arab, fransuz, ingliz va rus tili yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish masalalarida koʻrsatmalar berildi.

2024-05-31 04-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi