Joriy yilning 18-iyun kuni Rus filologiyasi fakultetida tyutori Ochilova Sevara rahbarligida "Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining ko'zgusi" mavzusida tadbir o‘tkazildi (dolzarb 90 kun)

Tadbirda talabalar milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz va ma'naviyatimizni saqlashning ahamiyati haqida suhbatlashishdi. 

 

 

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining milliy madaniyat va ma'naviyatga bo‘lgan munosabatlarini bildirgan holda, zamonaviy dunyoda milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga milliy an'analar, she'riyat va san'atning millat uchun ahamiyati haqida ma'lumot berildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va ularga hurmat ko‘rsatish edi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube