Joriy yilning 19-iyul kuni Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Hajime boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. 

21-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov delegatsiya a’zolarini qabul qildi. (https://gov.uz/edu/news/view/16804) 

Uchrashuvda, transport, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, geologiya, innovatsion texnologiyalar, metallurgiya, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalari kabi jadal sanoat rivojlanishiga hissa qoʻshadigan sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik oʻrnatish masalasi muhokama qilindi. 

Dasturda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. 

Muzokaralar davomida Yaponiyaning nufuzli universitetlari bilan qoʻshma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, manfaatli hamkorlik  orqali yurtimiz professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. 

Ma’lumot uchun: Gifu protekturasi Yaponiyaning Xonshyu oroli markaziy Chyubu hududida joylashgan. Maydoni –10 621 kv. km. Prefektura aholisi 1,99 mln. kishini tashkil etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube