Kengash davomida dekabr oyida O‘zDJTU yutuqlari ta’kidlandi

Kengash davomida dekabr oyida O‘zDJTU yutuqlari ta’kidlandi

Kengash davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet jamoasi nomidan dekabr oyida yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi va minnatdorchilik bildirdi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlar:
Yormatova Dilarom – qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik fidokorona mehnati va innovatsion yondashuvlari uchun.

Ilmiy daraja olganlar:
Tursunova Muxlisa Vahobovna – PhD, Xalqarо jurnalistika fakulteti.
Jarkinova Tursunoy Abdumajitovna – PhD, Ingliz tili 2-fakulteti.
Yuvasheva Shoira Maxamadovna – DSc, Ingliz tili 2-fakulteti.

Ilmiy unvon olganlar:
Raxmonov Azizxon Bositxonovich – Professor, Rus filologiyasi fakulteti.
Atahanova Sayera Otkurovna – Dotsent, Ingliz tili 1-fakulteti.

Tanlov va mukofotlar:
Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulova – “Evrika-2025” tanlovida 3-o‘rin.
Sotvoldieva Mohinur Hazratullo qizi – “Ilm yulduzlari” intellektual tanlovida “Eng g‘oya sohibasi”.
Xallieva Gulnoz Iskandarovna – UNESCO forumida muvaffaqiyatli ishtirok va Respublika tanlovida shogirdlari bilan g‘oliblik.

Universitet jamoasi yutuqlarini davom ettirayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni yana bir bor tabriklaymiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube