O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20-sentyabrdagi  03-РА 211-2654/37-son topshirig'iga hamda Vazirlar Mahkamasining  2024-yil 10-oktabrdagi  685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O'zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26 oktabr kunlari "Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini transformatsiya qilish, ta'lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy davlatlardan konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan delegatsiyaga Toshkent shahridagi masʼul oliy taʼlim muassasalari xodimlari hamrohlik qilishi belgilangan bo'lib, O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham mazkur mas'ul shaxslar qatorida. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube