Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan Koreys madaniyati va Hangul kuni festivali taşkil etildi

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Şarq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan Koreys madaniyati va Hangul kuni festivali taşkil etildi.

Tadbirni Şarq filologiyasi fakulteti dekani Dilşod Djurayev oçib berdi. Festival davomida koreys xalqining boy madaniyati, milliy urf-odatlari va san’ati namoyiş etildi.

Dasturdan koreys an’anaviy çolğu asboblarida kuy ijrosi, özbek milliy raqsi, koreys an’anaviy niqob raqsi — Talçum, K-pop raqslari hamda taekvondo çiqişlari örin oldi. Şuningdek, iştirokçilar Hangul va Koreya madaniyatiga bağişlangan viktorinada öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.

Festival yakunida viktorina ğoliblari taqdirlandi. Tadbir iştirokçilarning koreys tili va madaniyatiga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, millatlararo madaniy aloqalarni mustahkamlaş hamda talabalar örtasida döstona muhitni rivojlantirişga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube