“Malakaviy amaliyot – 2026” ochilish konferensiyasi o‘tkazildi

23-aprel kuni Ingliz filologiyasi fakultetida 4-bosqich talabalari uchun “Malakaviy amaliyot – 2026” ochilish konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiya davomida malakaviy amaliyotning maqsadi, amaliyot davrida talabalar bajarishi lozim bo‘lgan haftalik vazifalar, malakaviy portfolio tarkibi hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish tartiblari batafsil tushuntirildi.

 Konferensiya savol-javoblarga boy va qizg‘in muhokamalar asosida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur ochilish konferensiyasi talabalar uchun malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tash va hujjatlarni xatosiz topshirish bo‘yicha muhim yo‘llanma vazifasini o‘tadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube