Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o’qituvchilaridan “O’zbekiston-O’rta Osiyo marvaridi” seminari

OʻzDJTU Medialingvistika va kommunikatiya kafedrasi oʻqituvchilari Gulnoz Tolibova  hamda Shaxnoza Parpiyeva tomonidan Polshaning Xojuv shahrida joylashgan Yuliush Slovakki nomidagi 1-sonli o'rta maktabda “O’zbekiston-O’rta Osiyo marvaridi” nomli seminar o’tkazildi. 

Tadbirda universitetimiz ustozlari O’zbekistonning geografik joylashuvi, tarixiy shaharlari, buyuk mutafakkirlar, o’zbek oshxonasi va miliiy urf-odat va qadriyatlarimiz haqida taqdimot qilishdi. Taqdimot so’ngida qisqa viktorina, amaliy topshiriq va savol-javob bo'lib o'tdi. 

Maktab o'quvchilari seminarda faol ishtirok etishdi va mamlakatimiz haqida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube