Navbatdagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi
10-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhokama an’anaviy (offline) va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Muhokamada Radjabova Muxtasar Davranbekovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (arab tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Arab tilida talabalarning yozuv malakasini integrativ yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.
Ilmiy muhokama davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Ishtirokchilar tomonidan muhim taklif va mulohazalar bildirildi.