OÇIQ DARS: RUMIY HAYOTI VA IJODI
6-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinçi çet tili kafedrasi fors tili öqituvçisi Foziliya Mahliyo Öroqboy qizi tomonidan Ikkinçi ingliz fakultetining 3-kurs, 2428-guruh talabalari uçun “Ikkinçi xorijiy til (fors tili)” fanidan “Eron mumtoz davri şoiri: Rumiy” mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
Dars davomida buyuk mutafakkir va şoir Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodiy merosi hamda asarlarining asosiy mavzulari haqida batafsil maʼlumot berildi. Talabalar şoir ijodining eng yorqin namunalaridan biri bölgan “Masnaviyi maʼnaviy” asarining muqaddimasi hisoblangan “Naynoma” qismini fors tilida yoddan aytib berdilar. Şuningdek, Rumiy hayoti va ijodiga bağişlangan slayd-taqdimotlar hamda videoroliklar namoyiş etildi.
Oçiq dars interfaol va qiziqarli tarzda taşkil etilib, talabalar Eron madaniyati bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Dars davomida Eron milliy şirinliklari va içimliklari ham taqdim etildi.
Mazkur maşğulot talabalarning fors tiliga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning til könikmalarini rivojlantiriş hamda Eron xalqining boy madaniyati va adabiy merosi haqidagi bilimlarini mustahkamlaşga qaratildi.
2026-11-07 10-08