O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi tomonidan tashkil etilgan “Bahor nafasi” bayram tadbiri barchada ajoyib taassurot qoldirdi

 

 

Tadbirda o‘quvchilar milliy urf-odatlarimizni namoyish etishdi. Milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy liboslar sahnani bezab, tomoshabinlarga unutilmas kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan o‘zbek milliy taomlari — palov, somsa, chuchvara, qatlama va boshqa mazali taomlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

 

 

Tadbirda Turkiya davlatining ta‘lim bo‘yicha yetakchisi Abu Bakirbey Aydin va boshqa vakillari ishtirok etib, o‘z iliq tabriklarini bildirishdi. Ularning ishtiroki bayramga yanada fayz va samimiyat qo‘shdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube