O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bosh bino foyesida Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida universitet talabalarining ijodiy ishlari, qo‘l mehnati namunalari, rasmlar hamda turli innovatsion loyihalari namoyish etildi. Ko‘rgazma yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga rag‘batlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Tadbirda 700 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etib, talabalar tomonidan tayyorlangan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmada namoyish etilgan ijodiy ishlar talabalarining badiiy didi, iste’dodi va mehnatsevarligini yaqqol namoyon etdi.
Ko‘rgazma jarayonlari bilan universitet rektori — Ilxomjon Tuxtasinov ham yaqindan tanishdi. Rektor talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, qo‘l mehnati namunalari va loyihalarni ko‘zdan kechirib, ularning mazmun-mohiyati hamda yaratilish jarayoni haqida mualliflardan ma’lumot oldi.
Shuningdek, rektor iqtidorli talabalarning qo‘l mehnati orqali yaratilgan ishlarini yuqori baholab, bunday ijodiy faoliyat yoshlar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali o‘tkazishning muhim usullaridan biri ekanligini ta’kidladi. U talabalarni bunday tashabbuslar va ijodiy ishlarga muntazam ravishda jalb etilish muhimligini alohida qayd etdi.O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bosh bino foyesida Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida universitet talabalarining ijodiy ishlari, qo‘l mehnati namunalari, rasmlar hamda turli innovatsion loyihalari namoyish etildi. Ko‘rgazma yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga rag‘batlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Tadbirda 700 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etib, talabalar tomonidan tayyorlangan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmada namoyish etilgan ijodiy ishlar talabalarining badiiy didi, iste’dodi va mehnatsevarligini yaqqol namoyon etdi.
Ko‘rgazma jarayonlari bilan universitet rektori — Ilxomjon Tuxtasinov ham yaqindan tanishdi. Rektor talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, qo‘l mehnati namunalari va loyihalarni ko‘zdan kechirib, ularning mazmun-mohiyati hamda yaratilish jarayoni haqida mualliflardan ma’lumot oldi.
Shuningdek, rektor iqtidorli talabalarning qo‘l mehnati orqali yaratilgan ishlarini yuqori baholab, bunday ijodiy faoliyat yoshlar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali o‘tkazishning muhim usullaridan biri ekanligini ta’kidladi. U talabalarni bunday tashabbuslar va ijodiy ishlarga muntazam ravishda jalb etilish muhimligini alohida qayd etdi.