O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Buenos Aires universitetida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Argentinaga tashrifi doirasida 2025-yil 25-aprel kuni Buenos Aires universitetida “O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir O‘zbekistonning boy madaniy merosini xorijiy auditoriyaga keng targ‘ib etish imkonini berdi. Delegatsiya a’zolari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma va chiqishlar argentinalik professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.