Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti masʼullari hamda Yaponiyaning “Challenge And Lead” (CAL) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
OʻzDJTU rektori prof. I.M.Tuxtasinov ishtirokida oʻtgan uchrashuvda CAL kompaniyasi ijrochi direktori Akira Maeda, Global rekrutment departamenti bosh menejeri Kenga Ivamoto va menejer oʻrinbosari Sayaka Inou bilan universitet va kompaniya oʻrtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan masalalar koʻrib chiqildi.
Jumladan, CAL kompaniyasi bilan hamkorlikda yapon tili guruhi yuqori kurs talabalari va bitiruvchilari uchun kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil qilish hamda Yaponiyadagi korxona va tashkilotlarda ularni ish bilan taʼminlash, oʻquv rejasiga Axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha soatlar sonini oshirish orqali birgalikda mazkur soha mutaxassislarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi va loyihaning tashkiliy-moliyaviy shartlari kelishib olindi.