Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev bilan birgalikda "KOICA" ning 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirga tashrif buyurishdi.

Bugungi kunda Sharq filologiyasi fakultetida KOICA tomonidan berilgan loyiha ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fakultetda jami 14 nafar Koreyadan kelgan volontiyorlar oʻz faoliyatini olib borishmoqda.

Shu kabi loyihalar orqali talabalar koreys tili va Koreya madaniyatini yanada chuqurroq oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi.