O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

10-aprel kuni Alimov Tohir Egamshukurovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Mazkur muhokamada tadqiqotchining “O‘zbek, nemis, rus tillarida maishiy leksikaning semantik va funksional xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan keng muhokamalar olib borildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube