O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab sovg‘alari topshirildi
2026-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tashabbusi bilan universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlarining 2–4-sinfda tahsil olayotgan farzandlariga o‘quv qurollari va kanselyariya jihozlari topshirildi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan bolajonlarga maktab uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari, jumladan, daftar, qalam, qog‘oz, papka va boshqa kanselyariya vositalari taqdim etildi.

Rektor yig‘ilish davomida farzandlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularga bilim olish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi, ularning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish universitet jamoasining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.