O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
9-aprel kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Ingliz tili 3-fakulteti kafedralari faoliyati monitoringdan o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun belgilangan maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar chuqur tahlil qilindi.
Monitoring natijalari asosida kafedralarning istiqboldagi ilmiy yo‘nalishlarini aniqlashtirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur monitoring universitetda ilmiy salohiyatni mustahkamlash, innovatsion tadqiqotlar sonini ko‘paytirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.