O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yana bir nufuzli xalqaro seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbir ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda ekspertlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Seminar taniqli xalqaro olim Anthony J. Liddicoat tomonidan olib borildi. Uning qimmatli ilmiy fikrlari, zamonaviy yondashuvlari va amaliy tavsiyalari ishtirokchilar uchun katta manfaat va yangi ilmiy qarashlar manbai bo‘ldi.

 

 

Bunday nufuzli tadbirning aynan universitetimizda tashkil etilgani barchamiz uchun ulkan faxr va sharafdir. Bu O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati hamda zamonaviy ta’lim markazi sifatidagi o‘rnini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Ilm-fan, sifatli ta’lim va xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi tashabbuslar va qadamlar davom etadi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube