Hurmatli talabalar, o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillari!
So‘nggi paytda ijtimoiy tarmoqlarda universitetimiz haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirmoqdamiz. Ayni paytda ushbu masalaga oid barcha holatlar universitet rahbariyati tomonidan o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, tarqalgan xabarlar hech bir tasdiqlangan asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.
Universitetimiz o‘quv jarayonining samarali va adolatli bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, talabalarning huquqlari va qulayliklarini himoya qilish tarafdoridir. 

Agar shunga o‘xshash vaziyatga duch kelsangiz, avvalo universitet rahbariyatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Bu esa har qanday tushunmovchilikni tez va adolatli hal qilishga xizmat qiladi.
Biz barcha talabalarni bilim olishga qaratilgan maqsadlari yo‘lida qo‘llab-quvvatlaymiz va universitet hududida qonunchilikka muvofiq muvozanatli muhitni saqlashga intilamiz. 

Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv natijalaridan so‘ng taqdim etiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube