AQSHning Washington shahrida bo‘lib o‘tayotgan Association of International Education Administrators (Xalqaro Ta’lim Administratorlari Assotsiatsiyasi) xalqaro konferensiyasi doirasida universitet rektori I. Tuxtasinov, prorektori O. Yusupov hamda O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan George Washington Universityga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida delegatsiya universitet faoliyati, ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi hamda mazkur oliygohda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, ta’lim sifati va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’limni xalqarolashtirish, ta’limdagi zamonaviy tendensiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlarda faol ishtirok etildi.