19-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi.

Unda OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Alisher Abidjanov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Baxodir Odilov, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” direktori Ulugʻbek Abdushukurov, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” direktori oʻrinbosari Dildora Xasanova, “Uzbekistan Airways” AJ Bortkuzatuvchilar xizmati direktori Emine Аblayevalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube