O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi faollari va faxriy a’zolar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilarni kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan tabriklab, tashkilotning mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘rni va xodimlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” g‘oyasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan faol xodimlar va faxriylar taqdirlandi.
Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov va Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari tizimi tarixining 120 yilligi bilan ishtirokchilarni tabrikladilar hamda uning ijtimoiy ahamiyati haqida fikr bildirdilar.