O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturudiy kubogi” sport musobaqalari hamda “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, shuningdek oliy va diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi
Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida sport musobaqalari, ko‘rgazmali chiqishlar, madaniy dasturlar va tabrik nutqlari namoyish etildi. Shuningdek, sog‘lom jamiyatni qurishda sport va ma’naviyat uyg‘unligining o‘rni, islom dinining sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishdagi roli yuzasidan ilmiy mulohazalar bildirildi.