Indoneziyaning Taʼlim akkreditatsiyasi boʻyicha mustaqil agentligi delegatsiyasi aʼzolari bugun OʻzDJTUga tashrif buyurdi. 

Agentlik rahbari professor Muxlas Samani boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Tashrif doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda Ilxomjon Tuxtasinovning OʻzDJTU faoliyati haqidagi maʼlumoti va universitetni rivojlantirish, tashqi akkreditatsiyasidan oʻtish boʻyicha rejalari maʼlum qilindi. 

Shuningdek, uchrashuvda Taʼlim akkreditatsiyasi agentligi bilan hamkorlik masalalari, OʻzDJTU ni tashqi institutsional akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi va talablari, Indoneziyaning onlayn akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha SAPTO elektron platformasi haqida maʼlumotlar almashildi va takliflar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube