O‘zDJTU Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti talabalari uchun bitiruv oqshomi hamda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi. U bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, fakultet dekani Norpo‘lat Suyarovich Mamadov ham so‘zga chiqib, bitiruvchilarga ezgu tilaklarini bildirib, diplom topshirish jarayonida ishtirok etdi.

 

 

Tadbir davomida a’lo baholari, yuqori sertifikat natijalari, fan va sport yo‘nalishlaridagi yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh faol talabalar faxriy yorliqlar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ularning ota-onalariga esa farzand tarbiyasidagi fidoyiliklari va ta’lim jarayonidagi samarali hamkorliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Kecha davomida talabalar aktyorlik chiqishlari, raqslar va jonli musiqiy dasturlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Bayramona muhit, samimiy kayfiyat va yorqin lahzalar barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube