O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidan 10 nafar o'qituvchi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan konferensiyada qatnashish uchun jo'nab ketdi.
“Tesol Arabia” tashkiloti tomonidan 19-21 aprel kunlari o’tkazilayotgan mazkur anjumanda O’zDJTU vakillari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etadi.
28 yildan beri “TESOL Arabia” xalqaro konferensiyasi va ko'rgazmasi BAA hamda mintaqadagi ingliz tilini o'rgatuvchi mutaxassislarni qo'llab-quvvatlovchi tadbir bo'lib kelmoqda.
Ma’lumot uchun: Anjuman 1500 ga yaqin delegatlarni jalb qilgan bo’lib, bu sohaga oid eng so’nggi yutuqlar, til o’qitishdagi yangi usullar borasida yetuk mutaxassislarning o'z fikrlarini taklif qilishlari, tadqiqot va o'qitish tajribasini almashishlari, g'oyalar va amaliyotlar almashinuvi orqali global istiqbolni rivojlantirishlari mumkin bo'lgan platformani taqdim etadi.