O‘zDJTU professori “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

O‘zDJTU professori “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda ommaviy axborot vositalari sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar safidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili ham o‘rin oldi.

Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna — O‘zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi Gulnoz Iskandarovnani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etib, ilmiy-pedagogik faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube