O‘zDJTU va “SkyChess” shaxmat akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zDJTU va “SkyChess” shaxmat akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida universitet hamda “SkyChess” shaxmat akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 



Mazkur memorandum universitetda shaxmat sportini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida shaxmat bo‘yicha mahorat darslari, seminar-treninglar, musobaqalar hamda boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

 



Memorandum imzolanishi universitetda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, shaxmat sportini keng ommalashtirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube