OʻzDJTU vakili xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Siyosiy fanlar kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Shohjahon Ahadov 2025-yil 26–29-noyabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan “O‘zgarayotgan dunyoda Markaziy Osiyo: tinchlik, xavfsizlik va nizolar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Konferensiya Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik, geosiyosiy tahdidlar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan xalqaro ekspertlar, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida fikr almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Tadbir davomida Shohjahon Ahadov panel muhokamalarida ishtirok etib, mintaqadagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z ilmiy qarashlarini bildirdi hamda xorijiy universitet vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi. Ushbu ishtirok kelgusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va kafedra o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.