O‘zDJTU vakillari Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Ispaniyaga tashrifining 1-kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi asosidagi loyihalar izchil rivojlanib bormoqda.
Tashrifning birinchi kuni Rioxa universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv hamda universitet faoliyati taqdimotidan so‘ng seminar-trening dasturiga muvofiq universitet kampusi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.
Ekskursiya davomida O‘zDJTU delegatsiyasi Rioxa universitetining o‘quv binolari, fakultetlari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, zamonaviy kutubxona majmuasi, talabalar va professor-o‘qituvchilar foydalanishi uchun yaratilgan sport infratuzilmasi hamda ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi zamonaviy obyektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolariga universitetda ta’lim va ilmiy faoliyatni tashkil etish, innovatsion laboratoriyalar faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
2026-07-14 02-19