O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti o'qituvchilari M.Shakirova, Sh.Husanova, Sh.Meyliyeva, Z.Musayeva va G.Kaljanova OʻzDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish tarmoq markazi va Indoneziyadagi Gunadarma universiti tomonidan tashkil etilgan "International workshop on language and communication in education" deb nomlangan xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishdi.
Mazkur xalqaro anjumanda qatnashish orqali fakultet o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy salohiyatini yanada boyitib, ta'lim va kommunikatsiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
Seminar davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o‘qitishning innovatsion metodlari va madaniyatlararo muloqot masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Olingan bilim va tajribalar kelgusida o‘quv jarayonini takomillashtirishda va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.